Deprecated: Файл Elementor\Scheme_Typography с версии 2.8.0 считается устаревшим! Используйте Elementor\Core\Schemes\Typography. in /var/www/html/wp-includes/functions.php on line 6078
ISHLAB CHIQARISH

Artel maishiy texnikasi zamonaviy texnologiyalarni qo’llagan holda yuqori sifatli mahsulotlardan ishlab chiqariladi. Biz yetakchi maishiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalarni tajribasini hisobga olgan holda zamonaviy va iste’molchilar talabiga javob beradigan maishiy texnika yaratamiz. Artel kompaniyasining maishiy texnika qatori to’liq O’zbekistonda ishlab chiqariladi va 100% milliy brend hisoblanadi. Artel ishlab chiqarish bazalari dunyoning yetakchi kompaniyalarida ishlab chiqarilgan uskunalar bilan jihozlangan. Jumladan, Artel zavodlarida COMI, ULVAC, Inficon kompaniyalarining ishlab chiqarish texnikasi mavjud. Yuqori texnologik uskunalar o’rnatilganligi sababli, Artel zavodlarining ishlab chiqarish jarayonlari to’liq avtomatizatsiyalashtirilgan.

 

KONDITSIONERLAR ISHLAB CHIQARISH

2014 – yilning boshida Artel zavodlarida issiqlik almashuvchi uskunalarni va bug’latgichlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari yuqori tezlikda ishlovchi shtampovka uskunalari, hamda qalinligi 0,105 mm bo’lgan alyuminiy folgasini kesuvchi va formovka qiluvchi uskunalar bilan jihozlangan. Ushbu folganing dizayni O’rta Osiyoning iqlimiga butunlay moslashtirilgan. Yaponiyada ishlab chiqarilgan ULVAC va Germaniyada ishlab chiqarilgan Inficon uskunalari tufayli mahsulot sifati nazorati yuqori darajada. Aytish lozimki, konditsioner tizimlarini va xususiyatlarini tekshirish uchun zavodda iqlim kameralari va laboratoriya mavjud.

 

SOVUTGICHLAR ISHLAB CHIQARISH

Artel sovutgichlarining va muzlatkichlarining ichki shkaflari va eshik panellari Italiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadigan COMI korxonasida ishlab chiqarilgan maxsus termo vakuum formovka mashinalarida amalga oshiriladi. Ushbu mashinalar har qanday shakldagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga qodir. Yongi panellarni avtomatik formovka qilish liniyalari avtomatik yuklash, bukish, formovkalash, va kesish ishlarini amalga oshiradi. Artel kompaniyasi PPU ni quyish uchun eng zamonaviy texnologiyalarni qo’llaydi. PPU ni sovutgich korpusiga va eshigiga quyuvchi uskunalar Italiyaning Canon korxonasida ishlab chiqarilgan. Ushbu uskunalar bir vaqtda 4 ta sovutgichga PPU quyishlari mumkin. Bundan keyin ishlab chiqarish liniyasida sovutgichlarga germetik kompressorlarni ishlab chiqarish bo’yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri bo’lgan EMBRACO kompaniyasi kompressorlari o’rnatiladi.

EMBRACO kompressorlari afzalliklari:

  • Yuqori samaradorlik va ishonchlilik.
  • 155-160 V dan 245-250 V gacha elektr toki kuchlanishida ishlash qobiliyati.
  • 10 yildan ortiq xizmat muddati.
  • Yuqori energiya samaradorligi. A+ energiya samaradorligi klassi.
  • Past shovqin va vibratsiya darajasi.
  • Vazni yengil, gabarit o’lchamlari esa o’zga kompaniya kompressorlariga qaraganda ancha ixchamroq.
  • Sovitish elementining dastlabki avtomatik vakuumlash jarayoni ULVAC VD-301 (Yaponiya) vakuum nasosi yordamida amalga oshiriladi.

So’nggi xladagent zapravkasi Italiyaning GALILEO uskunalari yordamida amalga oshiriladi. Xladagent zapravka qilinganidan so’ng ultratovushli COBRA svarkasi yordamida payvandlanadi. Germaniyaning Inficon ECOTEC 300 chakka qidiruv mashinalari R600A xladagenti oqib chiqmasligini nazorat qiladi. Sovutgichlarni ishlab chiqarish jarayoni har bosqichda to’liq nazorat qilinadi.

 

GAZ PLITALARI VA MINI-PECH ISHLAB CHIQARISH

Gaz plitalari va mini-pech ishlab chiqarish zavodi vint va kompressorlar o’rnatish, gaz plitalarini va mini-pech yig’ish sexlari bilan jihozlangan. Plitalarning metall qismlarini bo’yash, ish yuzalarini emallash uchun dunyoning yetakchi kompaniyalarida ishlab chiqarilgan uskunalardan foydalaniladi:

  • Konveyer turidagi bo’yash liniyasi bir vaqtda 5 bosqichli ximik tozalashni amalga oshirishi mumkin.
  • Emallash liniyasi o’zida emallaydigan maxsus avtomatlashtirilgan kameralarni hamda quritish pechlarini mujassam etgan.

Barcha payvandlash ishlari Turkiyaning KAYSAN kompaniyasida ishlab chiqarilgan uskunalar yordamida amalga oshiriladi.

 

TELEVIZOR ISHLAB CHIQARISH

Zamonaviy ishlab chiqarish liniyasi tufayli televizorlarni ishlab chiqarish texnologik nuqtai nazardan yanada osonlashdi. Yangi ishlab chiqarish liniyasi barcha zamonaviy talab va standartlarga to’liq javob beradi. Ishlab chiqarish jarayoni LED panellari, dinamiklarni, va platalarni qotirish uchun mo’ljallangan metall karkasni dastlabki terish, test liniyasi hamda qadoqlashdan iborat.

 

Kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish KIR YUVISH MASHINALARINI ISHLAB CHIQARISH

2012 – yilda zamonaviy dizaynga ega bo’lgan yarim avtomat kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Artel yarim avtomat kir yuvish mashinalari zarblarga chidamli plastikdan yasalgan.

  • Yarim avtomat kir yuvish mashinalari markaziy issiq suv ta’minoti bo’lmagan joylarga a’lo to’g’ri keladi.
  • Artel yarim avtomat kir yuvish mashinalarida har qanday, hatto eng hamyonbop kir yuvish kukunlarini ishlatish mumkin.
  • Artel yarim avtomat kir yuvish mashinalari oddiy kir yuvish mashinalariga qaraganda 6-10 marta unumdor.

 

TELEFONLAR ISHLAB CHIQARISH

Telefon ishlab chiqarish bazasi jihozlarni yig’ish, qadoqlash, termoplast hamda telefonlarni plastik korpusini tayyorlaydigan ishlab chiqarish qatorlaridan tashkil topgan. Bundan tashqari zavodda laboratoriya hamda telefonlarni bo’yash sexlari mavjud. Telefonlarni yig’ish stollari maxsus antistatik qoplamaga ega.
Keng polosali radiokommunikatsion tester R&SCMW500 mobil telefonlarni signal qabul qilish qobiliyatini tekshirish uchun mo’ljallangan.
Yig’ish ishlari tugallanganidan so’ng telefonlar maxsus laboratoriyaga yuboriladi. Har bir telefon texnik nazorat bo’limi mutaxassislari tomonidan ikki marta tekshiriladi.

 

LABORATORIYA

Artel mahsulotlari do’konlarga yuborilishidan avval bir qator maxsus tekshiruvlardan o’tadi. Ushbu tekshiruvlar mahsulot sifatini turli sharoitlarda qanday ishlashini aniqlashga imkon beradi.
Iqlimiy tekshiruvlar laboratoriyasi – mahsulotlarni turli iqlim sharoitlarida qanday ishlashini har tomonlama o’rganishga imkon beradi. Ushbu laboratoriyada havo namligi, bosimi, harorati kabi tashqi iqlim sharoitlarini modellash hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.
Har bir ishlab chiqarish bazasi o’zining laboratoriyasi hamda iqlim kamerasiga ega.
Artel laboratoriyalarida o’tkaziladigan tekshiruvlar ro’yxati:

Sovutgich ishlab chiqarish:
  • Xladagent sizib chiqishini tekshirish
  • Xladagent sizib chiqishini tekshirish
Funksional tekshiruvlar:
  • Harorat oshishi tekshiruvi
  • Muzlatgich va sovutgich kameralarini o’rtacha haroratini tekshiruv
  • Elektr sarflash tekshiruvi
  • Sovutgichdagi ozuqa muzi testi
  • Namlik paydo bo’lishi testi
Konditsionerlar ishlab chiqarish:
  • O’rta Osiyoda analoglari bo’lmagan issiqlik/sovuqlik unumdorligi testi
  • Yuqori va past kuchlanishda ishlash qobiliyati
  • Havo esishi tezligini tekshirish
  • Mahsulot unumdroligi testi
Mobil telefonlar ishlab chiqarish:
  • Germaniyaning ROHDE&SCHWARZ kompaniyasiga tegishli keng polosali radiokommunikatsion tester mobil telefonlarni signal qabul qilish qobiliyatini hamda radio-blokni quvvatini o’lchash imkoniyatini beradi.
  • Rang nazorati qutisi TILOT60 yordamida mobil telefonlar rangini turli spektrlarda standartga muvofiqligini tekshirish mumkin.
  • Dinamikni tekshirish uchun mo’ljallangan TH 1312-20 audio signal generatori.
  • AWA-6063B mikrofon testeri.
  • MHU-408L barokamera (harorat va namlik kamerasi).
  • Shovqin o’lchovchi moslama TES-135 OA.

 

TERMOPLAST SEXI

Termoplastavtomat (TPA) – plastik mahsulotlarni quyish uskunasi.
Bugungi kunda Artel ishlab chiqarish bazalarida Haitian kompaniyasiga tegishli bo’lgan termoplastavtomatlar parki mavjud.
Artel kompaniyasi Haitian Mars hamda Haitian SATURN to’liq uskunalar qatoridan foydalanadi.
Ushbu termoplastavtomatlar yuqori darajalik energiya samaradorligiga ega bo’lib maxsus mini-protsessor yordamida boshqariladi.
Ishlab chiqarishda Avstriyaning KEBA kompaniyasiga tegishli kompyuter tizimi ishlatilganligi sababli quyish jarayonlari mutlaqo aniq. Avariya displeyi ish vaqtida yuz berishi mumkin bo’lgan hatolar haqida to’liq ma’lumot beradi.
Eng yirik quyish mashinasining siqish quvvati 21 000 Kn ga teng, quyish hajmi esa 9683 sm3 ni tashkil qiladi. Ushbu mashina vazni 7 kg gacha bo’lgan mahsulotlarni tayyorlashga imkon beradi. Eng kichik quyish mashinasining siqish quvvati 1600 Kn ni tashkil etadi, uning quyish hajmi esa 320 sm3 ga teng.

 

METALL KESISH VA BUKISH SEXI

Artel ishlab chiqarish bazalarida metallni bukish uchun Koreyaning SIMPAC kompaniyasida ishlab chiqarilgan maxsus press mavjud. Ekstsentrik presslar konditsioner, mini-pech hamda gaz plitalari detallarini kesish, presslash va chekanka qilish uchun mo’ljallangan. 200, 250, 350 va 450 tonna kuchga ega gidravlik presslar metall listlariga osonlik bilan shakl beradi. Presslar 10 tonnadan 450 tonnagacha kuch bilan ishlay oladi. Presslarda qo’llaniladigan staninalar gabarit o’lchamlari 620 х 405 mm dan 2 800 х 1 300 mm gacha. Avtomatlashtirilgan bo’ylama va ko’ndalang kesish liniyalari Turkiyaning AGMLINE kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu uskunalar gaz plitalari hamda mini pechlarning detallarini kesish va zagotovkalar tayyorlsh uchun mo’ljallangan. Ko’ndalang kesish rulonlik listovoy metallni kesish va bir vaqtda alohida rulonlarga o’rash uchun mo’ljallangan. Bo’ylama kesish keng rulonlarni listlarga taqsimlab kesish uchun mo’ljallangan. 0,5 mm dan 0,4 mm gacha bo’lgan listlarni kesish siqishga qarshi roliklarni montaj qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Yuqori sifatli zamonaviy ishlab chiqarish mashinalaridan foydalanuvchi Artel kompaniyasining mahsulotlari iste’molchilarning barcha talablariga to’liq javob beradi va dunyo standartlariga mufoviqdir. Go’zal tashqi ko’rinish iste’molchilarda yaxshi taassurot qoldiradi, shu sababli Artel zavodlarida yuqori sifatli qadoqlash uskunalari o’rnatilgan.
Bizning mahsulotlarimiz har qanday interyerga to’g’ri keluvchi turli xil ranglarda ishlab chiqariladi. Aytish lozimki, Artel mahsulotlari chet eldan kirib keladigan mahsulotlarga qaraganda ancha arzonroq. Artel mahsulotlarining sifati barcha dunyo standartlariga to’liq javob beradi. Bizning mutaxassislarimizning o’rtacha yoshi 28-30 ga teng. Ular yuqori kvalifikatsiya va katta tajribaga ega.
Biz doimo taraqqiyotga intilamiz, maqsadimiz esa yuqori sifatli, zamonaviy maishiy texnika ishlab chiqarishdir.